Molekular biofizika laboratoriyasi 1977 yil O‘zR FA Biokimyo instituti qoshida prof. Ziryak Umarovna Bekmuxametova tomonidan tashkil qilingan. Dastlabki ilmiy yo‘nalishi transport ATFazalarining gormonal boshqarilishi, biologik faol moddalarning Na⁺/K⁺-ATFaza fermenti faolligiga ta’sirini o‘rganish bo‘lgan.
1985 yili O‘zR FA Fiziologiya va biofizika institutida faoliyatini davom ettirdi. 1993-1998 yillarda prof. Albert Ivanovich Gagelgans mudirlik qilib, ilmiy yo‘nalish bioenergetika va mitoxondriya funksiyalariga o‘zgardi. 1998 yildan M.I. Asrarov mudirlik qildi. 2012 yilda Bioorganik kimyo instituti tarkibiga, 2018 yil 1 noyabrdan esa O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tarkibiga kiritildi va qayta tashkil etildi. Laboratoriya mudiri etib b.f.n., k.i.x. Ergashev Nurali A’zamovich tayinlandi.
—