Molekular fiziologiya laboratoriyasi 1989 yilda O‘zR FA Fiziologiya va biofizika institutining Ilmiy Kengashi qarori bilan Ekologik fiziologiya laboratoriyasi asosida tashkil etilgan.
Dastlab laboratoriyaga b.f.d., prof. Oleg Vladimirovich Krasilnikov rahbarlik qilgan. 1998 yildan 2018 yilgacha b.f.d., prof., akademik Sabirov Ravshan Zairovich boshqargan. 2018 yildan buyon b.f.d. Kurbannazarova R.Sh. rahbarlik qilib kelmoqda. 2012 yilda Bioorganik kimyo institutiga, 2018 yildan esa O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tarkibiga o‘tkazildi.
—