Membranalar biofizikasi laboratoriyasi 1977 yili O‘zR FA Bioximiya instituti Biofizika bo‘limi negizida tashkil topgan. 1985 yili Biofizika bo‘limining O‘zR FA Fiziologiya instituti bilan birlashganidan so‘ng laboratoriya O‘zR FA Fiziologiya va biofizika instituti tarkibiga kirgan, 2012 yili esa O‘zR FA akad. O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti tarkibiga o‘tkazilgan. 2018 yildan boshlab O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tarkibida faoliyatini boshladi.
Turli vaqtlarda laboratoriyaga akad. B.A. Tashmuxamedov, prof. A.I. Gagelgans va prof. O.V. Krasilnikov mudirlik qilishgan. 2018 yildan buyon laboratoriyaga b.f.d. P.G. Merzlyak mudirlik qilib kelmoqda.
—