- – Turli kasalliklar bilan assotsiatsiyalangan marker genlarining polimorfizmlarini aniqlash.
– ekzom, transkriptom sekvenirlash usuli yordami autizm bilan assotsiatsiyalangan genetik markerlarni aniqlash.
– Dori preparatlari metabolizmida qatnashuvchi koʻpchilik dori vositalariga chidamlilik bilan assotsiatsiyalangan nomzod-genlar polimorfizmlarini oʻrganish.
– Xomila tushush bilan assotsiatsiyalangan genetik polimorfizmlarni tadqiq qilish
– virus va bakteriyalarni genom profillarini va bakteriyalarni antibiotiklarga chidamliligini molekulyar-genetik tadqiq qilish.
Genomika Laboratoriyasi
Abduraxmov Abror
Laboratoriya mudiri
Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Yo'nalishlari
Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Natijalari
- Irsiy, endokrin, onkologik, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklar bilan assotsiatsiyalangan nomzod-genlar polimorfizmlari o‘rganildi.
- H.pylori bakteriyasining gastroenterologik kasalliklar bilan assotsiatsiyalangan virulent genlari o‘rganildi. Mahalliy patogen izolyatlar uchun molekular-irsiy PTSR test-tizimi yaratildi.
- Onkologik bemorlarda polimorf marker gen bo‘yicha kimyoterapiyasiga chidamli yoki ta’sirchan genotiplar aniqlandi.
- Ko‘krak bezi saratonida P-glikoprotein funksional faolligi neoad’yuvant kimyoterapiyagacha va undan so‘ng o‘rganildi.
—
Natijalarni Amaliyotga Joriy Qilish
- Irsiy, endokrin, onkologik, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklar bilan assotsiatsiyalangan nomzod-genlar polimorfizmlari oʻrganildi.
- pylori bakteriyasining gastroenterologik kasalliklari bilan assotsiatsiyalangan virulent genlari oʻrganildi. Mahalliy patogen izolyatlar uchun molekulyar-irsiy PTsR test-tizimi yaratildi.
- Onkologik bemorlarda polimorf marker gen boʻyicha kimyoterapiyasiga chidamli yoki tasirchan genotiplar aniqlandi.
- Koʻkrak bezi saratonida R-glikoprotein funktsional faolligi neoadyuvant kimyoterapiyagacha va undan soʻng oʻrganildi.
- Laboratoriya Ilgʻor texnologiyalar markazi bilan Oʻzbekistonda tarqalgan SARS-CoV-2 genomini oʻqish va virus variyantlarini tahlil qilishda qatnashgan.
- Bakteriyalarni antibiotiklarga chidamliligini molekulyar-genetik tadqiq qilindi.
- Oʻzbekistonda homila tushish bilan assotsiyalangan molekulyar-genetik polimorfizmlar aniqlandi.
Ilmiy Aloqalar va Hamkorlik
- Surrey universiteti, Angliya.
National Institute for Biotechnology & Genetic Engineering (NIBGE)), Faysalabod, Pokiston.
China Agricultural University.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti ,
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Oʻzbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Oʻz RFA Ilgʻor texnologiyalar markazi
Respublika Bolalar Psixonevrologiya Kasalxonasi
Kelajak Rejalari
- -Oʻzbekistonda irsiy, endokrin, onkologik, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarning molekulyar-irsiy tashhislash uchun test-panelini ishlab chiqish;
-Autizm va neyro rivojlanish buzilishlarida genetik profillarini tadqiq qilish;
-Dori preparatlari metabolizmida qatnashuvchi koʻpchilik dori vositalariga chidamlilik bilan assotsiatsiyalangan nomzod-genlar polimorfizmlarini oʻrganish;
-bakteriyalarda antibiotiklarga chidamliligini molekulyar-genetik tadqiq qilish;
-Parandalar uchun Salmonella bakteriyasiga multi-epitopli vaktsinasini ishlab chiqish platformasini yaratish;
-Turli patologik holatlarda mikrobiom tahlillari.