Institut haqida
Institut Tarixi va Rivojlanish Bosqichlari
Institut fundamental fanlarni rivojlantirish hamda tirik tizimlarda kechadigan biologik, biofizikaviy va biokimyoviy jarayonlarni chuqur tadqiq etish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, o’zining boy ilmiy tarixiga ega:
O’zR FA Biokimyo instituti tarkibida lipidlar biokimyosi va biofizika bo’limlari hamda tegishli laboratoriyalar tashkil etilishi bilan institut ilmiy maktabining tamal toshi qo’yilgan.
Biofizika bo’limining O’zR FA Fiziologiya instituti bilan birlashishi natijasida O’zR FA Fiziologiya va biofizika instituti tashkil etildi va faoliyat olib bordi.
Ilmiy salohiyatni birlashtirish maqsadida laboratoriyalar O’zR FA akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti tarkibiga o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlariga muvofiq, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU) huzurida Biofizika va biokimyo instituti rasman qayta tashkil etildi va mustaqil ilmiy muassasa sifatida o’z faoliyatini boshladi.
Institut Maqsadi
Institutning asosiy maqsadi — molekular va hujayraviy biofizika, metabolomika, genomika hamda fiziologiya sohalarida xalqaro standartlarga javob beradigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni o’tkazish, ularning natijalarini tibbiyot, farmatsevtika va qishloq xo’jaligiga joriy etishdan iborat.
Asosiy Vazifalar
- Fundamental tadqiqotlar: Tirik tizimlarda kechadigan biologik jarayonlarning biofizikaviy hamda biokimyoviy asoslarini tadqiq etish.
- Innovatsion ishlanmalar: Mahalliy xomashyo va biologik faol moddalar bazasida yangi dori vositalari, neyroprotektorlar va antikoagulyantlar yaratish.
- Kadrlar tayyorlash: Oliy ta’limdan keyingi tizimda PhD va DSc ilmiy darajali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
- Xalqaro hamkorlik: Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari bilan qo’shma loyihalarni amalga oshirish.
Tashkiliy Tuzilma
- Direktor b.f.d., akademik Sabirov Ravshan Zairovich
- Ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosar b.f.d., prof. Asrarov Muzaffar Islamovich
- Umumiy ishlar bo’yicha o’rinbosar b.f.n. Maqsudov Movlyan Zaynutdinovich
- Ilmiy kotib b.f.n. Samarxodjayeva Nigora Ramzitdinovna
Me’yoriy-Huquqiy Hujjatlar va Davlat Patentlari
Institut faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari, ta’sis hujjatlari hamda olimlarimiz tomonidan olingan rasmiy davlat patentlari:
Asosiy Me’yoriy va Ta’sis Hujjatlari
Biofizika va biokimyo instituti Ustavi
Institut davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida Guvohnoma (2023)
Institut Olimlari Tomonidan Olingan Davlat Patentlari