Toshkent sh., Universitet ko'chasi 4-uy
+998 71 246-00-00
Saatov Talat Saatovich
RAHBARIYAT

Saatov Talat Saatovich

Laboratoriya mudiri

Ilmiy daraja
Biologiya fanlari doktori, akademik, O'zbekiston Respublikasining xizmat ko'rsatgan fan arbobi
Ixtisoslashuv
Metabolomika, lipid biokimyosi, biomembranalar

Laboratoriya Tarixi

1974 yilda O‘zR FA Biokimyo instituti tarkibida Lipidlar biokimyosi laboratoriyasi tashkil etilgan. 2012 yil aprelida Biokimyo va Bioorganik kimyo institutlari birlashishi munosabati bilan Metabolomika laboratoriyasi deb nomlandi. 2018 yil 1 noyabrdan O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tarkibida qayta tashkil etildi. Hozirda laboratoriyada 12 nafar ilmiy xodim (1 fan doktori, 8 fan nomzodi, 3 kichik ilmiy xodim va 2 tayanch doktorant) faoliyat yuritmoqda.

Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Natijalari

  • Dunyoda birinchi marta tiroksin retseptori toza holda ajratib olindi, uning kimyoviy tarkibi va funksional mexanizmi o‘rganildi. Retseptor faolligi fosfolipid membranasiga o‘rnatilgandan so‘ng tiklanishi aniqlandi.
  • Hayvonlar a’zolarida norma, tireoid gormonlar ta’siri va embrional rivojlanishda fosfolipid va glikolipidlar miqdori aniqlandi. Qon lipoproteidlari metabolizmi hamda ateroskleroz va yurak ishemik kasalligida (IBS) giperlipoproteidemiyaning roli o‘rganildi.
  • Gormonlar retsepsiyasi va signal o‘tkazilishida membrana lipidlarining o‘rni hamda jigar plazmatik membranasida tiroksin retseptorining adenilatsiklaz tizimi bilan aloqasi ko‘rsatildi.
  • Qandli diabetda insulin yetishmasligi membrana struktura lipidlari buzilishiga olib kelishi, gangliozidlar kamayishi va glyukoza transportining tormozlanishi isbotlandi.
  • Organotrop liposomalar yaratish va ularni nishon-a’zolarga tanlab yo‘naltirishning original usuli ishlab chiqildi.
  • Dunyoda birinchi marta tireoid gormonining apoptogen ta’siri va sfingolipid fraksiyalarining o‘sma hujayralari apoptozini stimullashi isbotlandi.

Ilmiy Aloqalar va Hamkorlik

  • Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi
  • Ukraina Fanlar Akademiyasi
  • O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti
  • O‘zR FA Genofond instituti
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU
  • Nizomiy nomidagi TDPU
  • SSV Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya TMATM
  • Gematologiya va qon quyish ITI

Laboratoriya Xodimlari

Saatov T.S. b.f.d., akademik, mudir
Xayransov A.A. b.f.n., Katta ilmiy xodim
Islyamova Ye.V. b.f.n., Katta ilmiy xodim
Alimova M.T. kichik ilmiy xodim
Kovalyova I.B. kichik ilmiy xodim
Ziyavitdinova G.Z. kichik ilmiy xodim
Xusnulin A.A. kichik ilmiy xodim
Giyosov J.F. laborant