Toshkent sh., Universitet ko'chasi 4-uy
+998 71 246-00-00
Ergashev Nurali Azamovich
RAHBARIYAT

Ergashev Nurali Azamovich

Laboratoriya mudiri

Ilmiy daraja
Biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Ixtisoslashuv
Biologik zaharlar, neyrotoksinlar, peptid kimyosi

Laboratoriya Tarixi

Molekular biofizika laboratoriyasi 1977 yil O‘zR FA Biokimyo instituti qoshida prof. Ziryak Umarovna Bekmuxametova tomonidan tashkil qilingan. Dastlabki ilmiy yo‘nalishi transport ATFazalarining gormonal boshqarilishi, biologik faol moddalarning Na⁺/K⁺-ATFaza fermenti faolligiga ta’sirini o‘rganish bo‘lgan.

1985 yili O‘zR FA Fiziologiya va biofizika institutida faoliyatini davom ettirdi. 1993-1998 yillarda prof. Albert Ivanovich Gagelgans mudirlik qilib, ilmiy yo‘nalish bioenergetika va mitoxondriya funksiyalariga o‘zgardi. 1998 yildan M.I. Asrarov mudirlik qildi. 2012 yilda Bioorganik kimyo instituti tarkibiga, 2018 yil 1 noyabrdan esa O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tarkibiga kiritildi va qayta tashkil etildi. Laboratoriya mudiri etib b.f.n., k.i.x. Ergashev Nurali A’zamovich tayinlandi.

Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Yo'nalishlari

  • Mitoxondriya membranasi orqali ionlar va metabolitlar tashilishining molekular mexanizmlarini o‘rganish.
  • Organizmga biologik faol birikmalarning (o‘simlik preparatlari, ksenobiotiklar, dorivor vositalar) mitoxondriya funksional parametrlariga ta’sir mexanizmlarini o‘rganish.
  • Turli patologik holatlarda mitoxondriya membranalaridagi funksional o‘zgarishlarni o‘rganish, patologiyadagi membranaviy buzilishlarni o‘simlik moddalari yordamida korreksiya qilish.

Xalqaro grantlar:

  1. CRDF: «The development of new neurotoxins from Arthropods Venoms of Central Asia for agricultural application» (1999–2001 yy.)
  2. STCU R-114: «Population ecology systematics family Protostrongylidae-parasitics of Bovidae» (2003–2006 yy.)
  3. STCU R-119: «Development of baculovirus-based bioinsecticide technology in Uzbekistan» (2003–2006 yy.)

Ilmiy Aloqalar va Hamkorlik

  • O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti
  • O‘zR FA O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
  • Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
  • Qarshi Davlat universiteti

Kelajak Rejalari

  • Mitoxondriya membranasida joylashgan ion kanallarini tadqiq qilish, ionlar va metabolitlar tashilishining molekular mexanizmlarini o‘rganish.
  • Turli patologik holatlarda mitoxondriya membranalaridagi funksional o‘zgarishlarni o‘rganish va membranaviy buzilishlarni o‘simlik moddalari yordamida korreksiya qilish.
  • Farmatsevtika sanoatiga va tibbiyot amaliyotiga mahalliy xomashyo asosida samarali va xavfsiz dorivor vositalarni joriy etish.

Laboratoriya Xodimlari

Ergashev N.A. b.f.n., k.i.x., mudir
Sodiqov E.S. b.f.n., k.i.x.
Gulyamova S.A. m.n.s.
Mirzaliyeva Sh.A. kichik ilmiy xodim
Qurbonova N.M. kichik ilmiy xodim
Raxmatova D.M. kichik ilmiy xodim
Saidgaliyeva G.T. kichik ilmiy xodim
Eshmurzayeva G.J. kichik ilmiy xodim
Xushnazarov A.B. stajyor-tadqiqotchi
Jo‘rayeva G.S. stajyor-tadqiqotchi
Yo‘ldosheva M.J. stajyor-tadqiqotchi
Siddiqov B.A. laborant