Toshkent sh., Universitet ko'chasi 4-uy
+998 71 246-00-00
Kurbannazarova Rano Sharapovna
RAHBARIYAT

Kurbannazarova Rano Sharapovna

Laboratoriya mudiri

Ilmiy daraja
Biologiya fanlari doktori
Ixtisoslashuv
Hujayra fiziologiyasi, signal sistemalari, Ca²⁺ signalizatsiyasi

Laboratoriya Tarixi

Molekular fiziologiya laboratoriyasi 1989 yilda O‘zR FA Fiziologiya va biofizika institutining Ilmiy Kengashi qarori bilan Ekologik fiziologiya laboratoriyasi asosida tashkil etilgan.

Dastlab laboratoriyaga b.f.d., prof. Oleg Vladimirovich Krasilnikov rahbarlik qilgan. 1998 yildan 2018 yilgacha b.f.d., prof., akademik Sabirov Ravshan Zairovich boshqargan. 2018 yildan buyon b.f.d. Kurbannazarova R.Sh. rahbarlik qilib kelmoqda. 2012 yilda Bioorganik kimyo institutiga, 2018 yildan esa O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tarkibiga o‘tkazildi.

Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Yo'nalishlari

  • Hujayra membranalarining ion kanallari orqali ion transporti mexanizmining asosiy muammolari, ion kanallarining tuzilish va funksional munosabatlari va hujayra fiziologiyasi hamda patofiziologiyasining molekular asoslarini o‘rganish.
  • Elektrofiziologik usullar bilan endogen ion kanallarini va tabiiy hujayralar membranalarida transporterlarni aniqlash.
  • Hujayra hajmini boshqarish tizimi, biofizik xususiyatlar, molekular tabiat hamda hajmga bog‘liq anion kanallarining hujayra fiziologik jarayonlaridagi rolini tadqiq etish.
  • Tashqariga yo‘nalgan anion kanallari va yuqori o‘tkazuvchanlikka ega potensialga bog‘liq anion kanallari xususiyatlarini o‘rganish.

Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Natijalari

  • Ion kanallarining funksiyalari va shakllanishining molekular mexanizmlari, Staphylococcus aureus alfa-toksinlarining sun’iy qo‘shqavat lipid membranalar hamda timotsit hujayralari membranasiga ta’siri tushuntirildi.
  • Noelektrolitlar yordamida ion kanallarining o‘lchamini aniqlashning yangi noizotop usullari ishlab chiqildi (xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladi).
  • Ion kanallari xotira fenomenlari ochildi.
  • Ion o‘tkazuvchanlik mexanizmlari va latrotoksin ion kanallari klasterini tashkil etish dalillari o‘rganildi.
  • Xolera gemolizini va xolera toksinidan hosil bo‘lgan ion kanallarining tuzilishi va shakllanish mexanizmlari aniqlandi.
  • Pasteurella multocida bakteriyasi patogen toksinidan hosil bo‘lgan ion kanallarining shakllanishi va faoliyati o‘rganildi.
  • Eritrotsitlarning kolloid-osmotik lizisi va postlitik bosqichda soyaning shakllanish mexanizmlari tavsiflandi.
  • Limfotsit membranalarida amfoteritsin poralari o‘rganildi.
  • Timus limfotsitlarining suv o‘tkazuvchanligi mexanizmlari yaratildi va hajmni boshqarishda suv kanallarining roli aniqlandi.
  • Maksi-anion kanallari orqali ATF chiqishi mexanizmi gipotezasi ishlab chiqildi va ularning molekular tabiatini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Natijalarni Amaliyotga Joriy Qilish

Olingan natijalar tibbiyot va farmatsevtika sohalarida yangi dori vositalari hamda immunomodulyatorlar yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xalqaro grantlar:

Ushbu kunga qadar laboratoriyada xalqaro loyihalar amalga oshirilmagan.

Ilmiy Aloqalar va Hamkorlik

  • Milliy fiziologiya instituti (Okazaki, Yaponiya)
  • Katolik universiteti Fiziologiya kafedrasi (Lyoven, Belgiya)
  • Pernambuko Federal universiteti Biofizika va radiobiologiya kafedrasi (Resife, Braziliya)

Kelajak Rejalari

1. Biologik membranalarning ion kanallari regulyatsiyasi va mexanizm funksiyalarini o‘rganish.

2. Turli ion kanallari tipiga tabiiy biologik faol birikmalarning ta’sirini o‘rganish.

3. Bakterial omillar ta’sirida tabiiy va sun’iy membranalarda hosil bo‘lgan nanoskopik poralarni nanotexnologik dasturlar yordamida o‘rganish.

Laboratoriya Xodimlari

Kurbannazarova R.Sh. b.f.d., mudir
Sabirov R.Z. b.f.d., akademik, Bosh ilmiy xodim
Asrarov M.I. b.f.d., professor, Yetakchi ilmiy xodim
Esonova G.U. b.f.n., Katta ilmiy xodim
Mirakbarova Z.M. PhD, Katta ilmiy xodim
Samarxodjayeva N.R. Katta ilmiy xodim
Maqsudov M.Z. ilmiy xodim
Ataxanova N.E. kichik ilmiy xodim
Mirzaliyev M.A. kichik ilmiy xodim
Xojamqulova J.M. stajyor-tadqiqotchi
Ergashev B.E. stajyor-tadqiqotchi
Nurmamatova F.T. stajyor-tadqiqotchi
Nurullayeva Sh.B. stajyor-tadqiqotchi
Abbosova M.G. laborant