Toshkent sh., Universitet ko'chasi 4-uy
+998 71 246-00-00
Usmanov Pulat Bekmuratovich
RAHBARIYAT

Usmanov Pulat Bekmuratovich

Laboratoriya mudiri

Ilmiy daraja
Biologiya fanlari doktori, professor
Ixtisoslashuv
Hujayra biofizikasi, elektromekanik jarayonlar, sitoarxitektura

Laboratoriya Tarixi

Hujayra biofizikasi laboratoriyasi 1977 yili O‘zR FA Bioximiya instituti Biofizika bo‘limi negizida tashkil topgan. 1985 yili Fiziologiya va biofizika instituti, 2012 yili Bioorganik kimyo instituti tarkibiga o‘tkazilgan. 2019 yildan boshlab O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti tarkibida faoliyat olib bormoqda.

Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Yo'nalishlari

Tabiiy biologik faol moddalarning biologik membranalarning turli tipdagi ion kanallari va retseptorlariga ta’sir mexanizmini o‘rganish va ularni farmakologik boshqarish usullarini yaratish.

Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Natijalari

  • Bo‘g‘imoyoqlilar zaharidan aksonal, pre- va postsinaptik ta’sirga ega yangi neyrotoksinlar ajratildi. O‘rgimchak zaharidan Na⁺ va Ca²⁺ kanallarini bloklovchi peptidlar, Argiope lobata zaharidan NMDA retseptorlarini modulyatsiya qiluvchi poliamin neyrotoksinlar aniqlandi.
  • Diterpenoid alkaloidlarining silliq mushaklarda Ca²⁺, K⁺ kanallari hamda sarkoplazmatik retikulumga ta’sir etib, kuchli relaksant va antiaritmik ta’sir ko‘rsatishi isbotlandi.

Natijalarni Amaliyotga Joriy Qilish

  • Neyrotoksinlar asosida o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish vositalari yaratildi.
  • Yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi «VIPROTON» surtma malhami texnologiyasi joriy qilindi.
  • Bakuloviruslar va chayon toksinlari asosida ekologik xavfsiz bioinsektitsidlar yaratildi.
  • Kardiotrop moddalarni ekspress-skrining qilish metodi va «Biofizika» multimediya o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi.
  • DKV-11 kon’yugatiga «Kardioprotektor vosita» sifatida patent olindi.

Xalqaro grantlar:

  • CRDF: «The development of new neurotoxins from Arthropods Venoms of Central Asia for agricultural application» (1999–2001 yy.)
  • STCU R-119: «Development of baculovirus-based bioinsecticide technology in Uzbekistan» (2003–2006 yy.)

Ilmiy Aloqalar va Hamkorlik

  • Alabama Universiteti Neyrobiologiya kafedrasi (AQSH)
  • Kaliforniya Universiteti Entomologiya bo‘limi (AQSH)
  • RFFA Hujayra biofizikasi instituti (Rossiya)
  • Ukraina FA Fiziologiya instituti
  • O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti

Kelajak Rejalari

Yurak va silliq mushak hujayralarida Ca²⁺ gomeostazini boshqarish tizimlari (Ca²⁺-kanallari, Na⁺/Ca²⁺-almashinuvi, rianodin retseptorlari, SR Ca²⁺-ATFazasi) va ularga biologik faol birikmalarning ta’sirini o‘rganish orqali yangi avlod antiaritmik va kardioprotektor dori vositalarini yaratish.

Laboratoriya Xodimlari

Usmanov P.B. b.f.d., professor, mudir
Pozilov M.K. b.f.d., Yetakchi ilmiy xodim
Xudoyberdiyev G.A. b.f.n., Katta ilmiy xodim
Nasirova M.N. kichik ilmiy xodim
Ablayev M.A. kichik ilmiy xodim
Nurmetov B.S. kichik ilmiy xodim
Ismoilova M.K. stajyor-tadqiqotchi
Amanova D.F. laborant