Toshkent sh., Universitet ko'chasi 4-uy
+998 71 246-00-00
Nasirov Qobil Erkinovich
RAHBARIYAT

Nasirov Qobil Erkinovich

Laboratoriya mudiri

Ilmiy daraja
Biologiya fanlari doktori, professor
Ixtisoslashuv
Nerv tizimi faolligi, membrana retseptorlari, patch-clamp

Laboratoriya Tarixi

Elektrofiziologiya laboratoriyasi 1992 yili O‘zR FA Fiziologiya va biofizika institutida b.f.d. Dj. Kalikulov rahbarligida tashkil etilgan. 2012 yili Bioorganik kimyo institutiga qo‘shilgan, 2019 yil 4 yanvardan Biofizika va biokimyo instituti tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Laboratoriyaning Asosiy Ilmiy Natijalari

  • Vipera lebetina gyurza zaharidan III omil bilan ta’sirlashuvchi lebetaza (metalloproteaza) fermenti ajratildi.
  • Rutan va gossitan polifenollarining GAMK- va NMDA-retseptorlari Ca²⁺-transport tizimlariga antitoksik va neyroprotektor ta’siri aniqlandi.
  • Dezoksipeganin alkaloidining surunkali alkogol intoksikatsiyasida neyroprotektor xususiyatlari isbotlandi.
  • Beda (Trifolium pratense L.) ekstraktidan yangi antikoagulyant hamda rodentitsid vositasi yaratildi.
  • Sulfatlangan polisaxaridlarning (BOS-122, GSC-63, GSC-14) antikoagulyant va trombotsitlar faolligiga ta’sir mexanizmlari aniqlandi.
  • Rhus typhina, Pinus sylvestris L., Hippophae rhamnoides L. polifenollarining Alsgeymer kasalligi sharoitida NMDA-retseptorlarini korreksiyalash xossalari o‘rganildi.

Natijalarni Amaliyotga Joriy Qilish

  • Gyurza zahari bazasida to‘qima tromboplastinini aniqlash test-tizimi va «Viproton» og‘riq qoldiruvchi malhami yaratildi (Patentlar №3333, №3337, №IAP 04899).
  • Antikoagulyant rodentitsidli xo‘rak tayyorlash bo‘yicha patent olindi (№FAP 01809).
  • Alsgeymer va neyrodegenerativ kasalliklarni davolash uchun o‘simlik xomashyosiga asoslangan neyroprotektor dori vositalari ishlab chiqilmoqda.

Xalqaro grantlar:

CRDF (1999–2001 yy.), STCU R-119 (2003–2006 yy.) va TUBITAK (Turkiya hamkorlik loyihasi).

Patentlar:

  1. № 3333 / № 3337: «Sposob polucheniya mazi, soderjashey zmeiniy yad» (Viproton malhami).
  2. № IAP 04899: «Reagent dlya diagnostiki narusheniy gemostaza».
  3. № FAP 01809: «Antikoagulyant va sinergistlarga asoslangan rodentitsidli xo‘rak».

Ilmiy Aloqalar va Hamkorlik

  • Alabama Universiteti Neyrobiologiya kafedrasi (AQSH)
  • Fridrix Shiller universiteti Gemostaziologiya laboratoriyasi (Yena, Germaniya)
  • Rossiya ilmiy muassasalari
  • Yozgat Bozok Universiteti Biofizika kafedrasi (Turkiya, TUBITAK loyihasi)

Laboratoriya Xodimlari

Nasirov Q.E. b.f.d., professor, mudir
Komilov A.S. b.f.n., Katta ilmiy xodim
Raximov A.A. k.i.x.
Laysheva L.V. kichik ilmiy xodim
Normurodova N.S. kichik ilmiy xodim
Usmonova N.B. kichik ilmiy xodim
Mirzayev M.M. kichik ilmiy xodim
Abdurashidova Sh.A. kichik ilmiy xodim
Giyosov F.A. kichik ilmiy xodim
Oripov A.F. laborant