Toshkent sh., Universitet ko'chasi 4-uy
+998 71 246 68 96
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti – biologiya, biofizika, biokimyo hamda unga turdosh sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib boruvchi, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlovchi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasidir.

Institut Tarixi va Rivojlanish Bosqichlari

Institut fundamental fanlarni rivojlantirish hamda tirik tizimlarda kechadigan biologik, biofizikaviy va biokimyoviy jarayonlarni chuqur tadqiq etish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, o’zining boy ilmiy tarixiga ega:

1974–1977 yillar

O’zR FA Biokimyo instituti tarkibida lipidlar biokimyosi va biofizika bo’limlari hamda tegishli laboratoriyalar tashkil etilishi bilan institut ilmiy maktabining tamal toshi qo’yilgan.

1985–2012 yillar

Biofizika bo’limining O’zR FA Fiziologiya instituti bilan birlashishi natijasida O’zR FA Fiziologiya va biofizika instituti tashkil etildi va faoliyat olib bordi.

2012–2018 yillar

Ilmiy salohiyatni birlashtirish maqsadida laboratoriyalar O’zR FA akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti tarkibiga o’tkazildi.

2018 yil 1 noyabr

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlariga muvofiq, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU) huzurida Biofizika va biokimyo instituti rasman qayta tashkil etildi va mustaqil ilmiy muassasa sifatida o’z faoliyatini boshladi.

Institut Maqsadi

Institutning asosiy maqsadi — molekular va hujayraviy biofizika, metabolomika, genomika hamda fiziologiya sohalarida xalqaro standartlarga javob beradigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni o’tkazish, ularning natijalarini tibbiyot, farmatsevtika va qishloq xo’jaligiga joriy etishdan iborat.

Asosiy Vazifalar

  • Fundamental tadqiqotlar: Tirik tizimlarda kechadigan biologik jarayonlarning biofizikaviy hamda biokimyoviy asoslarini tadqiq etish.
  • Innovatsion ishlanmalar: Mahalliy xomashyo va biologik faol moddalar bazasida yangi dori vositalari, neyroprotektorlar va antikoagulyantlar yaratish.
  • Kadrlar tayyorlash: Oliy ta’limdan keyingi tizimda PhD va DSc ilmiy darajali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
  • Xalqaro hamkorlik: Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari bilan qo’shma loyihalarni amalga oshirish.

Tashkiliy Tuzilma

Me’yoriy-Huquqiy Hujjatlar va Davlat Patentlari

Institut faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari, ta’sis hujjatlari hamda olimlarimiz tomonidan olingan rasmiy davlat patentlari:

Asosiy Me’yoriy va Ta’sis Hujjatlari

Biofizika va biokimyo instituti Ustavi
Institut Ustavi

Biofizika va biokimyo instituti Ustavi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan institutning asosiy ta’sis va faoliyat hujjati

Institut davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida Guvohnoma (2023)
Davlat Guvohnomasi

Institut davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida Guvohnoma (2023)

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi

Institut Olimlari Tomonidan Olingan Davlat Patentlari

Kardioprotektor vosita
№ IAP 06753

Kardioprotektor vosita

Mualliflar: Usmanov P.B., Jurakulov Sh.N., Jumaev I.Z., Rustamov Sh.Yu., Zaripov A.A., Yesimbetov A.T., Vinogradova V.I., Sagdullaev Sh.Sh.

2022 yil (Davlat reestri)
Antikoagulyant va sinergistlarga asoslangan rodentitsidli xo‘rak
№ FAP 01809

Antikoagulyant va sinergistlarga asoslangan rodentitsidli xo‘rak

Mualliflar: Nasirov K.E., Raimova G.M., Musayeva M.K., Xoshimov N.N.

2022 yil (Davlat reestri)
G‘o‘za urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish usuli
№ IAP 05970

G‘o‘za urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish usuli

Mualliflar: Axmedjanov I.G., Tonkix A.K., Xotamov M.M., Bekmuxamedov A.A., Ibragimxodjaev S.U., Agishev V.S.

2019 yil (Davlat reestri)
Gemostaz buzilishlarini tashxislash uchun reagent
№ IAP 04899

Gemostaz buzilishlarini tashxislash uchun reagent

Mualliflar: Usmanov P.B., Nasirov K.E., Chernova L.A.

2014 yil (Davlat reestri)
Vitiligoni davolash uchun liposomal dorivor shakl
№ IAP 04292

Vitiligoni davolash uchun liposomal dorivor shakl

Mualliflar: Saatov T.S., Umerov O.I., Arifov S.S., Saatov B.T.

2011 yil (Davlat reestri)